
Turkiyaning Mektebim koleji bilan shartnoma imzolandi
Hamkorlik suhbatlaridan so'ng 2024–2025 o'quv yili uchun o'zaro shartnoma imzolandi.
Batafsil →Matematika, ingliz tili va arab tiliga ixtisoslashgan zamonaviy ta'lim muassasasi

Akademik bilim, mustaqil fikrlash va zamonaviy ko'nikmalar.
Mas'uliyat, odob va ijodkorlik — tarbiyaning asosi.
Farabi School — G'azalkent shahrida joylashgan, matematika, ingliz tili va arab tiliga ixtisoslashgan zamonaviy xususiy ta'lim muassasasi. Maktabda nafaqat akademik bilimlar, balki mustaqil fikrlash, mas'uliyat, ijodkorlik va zamonaviy ko'nikmalarni shakllantirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Maktabda 21 ta sinfda 500 ga yaqin o'quvchi tahsil oladi. Maktabning 2 ta filiali bor: G'azalkent shahrida (2023-yilda ochilgan) va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida (2026-yilda ochilgan).
Maktabimizning asosiy maqsadi — har bir oʻquvchiga zamonaviy va mukammal bilim berishdir. Biz nafaqat nazariyani oʻrgatamiz, balki oʻquvchilarimizda mantiqiy fikrlash hamda bilimlarni amalda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantiramiz. Har bir bolaning kelajakda oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishi — bizning birinchi galdagi vazifamizdir.

O'quv yili boshiga o'quvchilar soni 2023–2024 yilda 207 nafar bo'lgan bo'lsa, 2025–2026 yilga kelib 306 nafarga yetdi. Bu taxminan 1,5 barobar o'sish.
Ingliz tili, Arab tili, Matematika, Kitobxonlik, Mental arifmetika. Darslar zamonaviy dasturlar asosida olib boriladi.
Beginner, Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate, CEFR va IELTS darajalarida.
5–11-sinflarda 80% o'quvchi arab alifbosini biladi va bemalol o'qiy oladi. Qolgan 20% 3-chorak boshida grammatikaga o'tadi. Bilim darajasi A1–A2 oralig'ida, undan yuqorilari ham bor.
1-2-3 darajalarga bo'lib o'rgatiladi; milliy sertifikatga tayyorlov.
Hech bir o'quvchi darslardan orqada qolmaydi va bu ta'lim sifatini oshiradi.
Sodda tenglamalar, ko'paytirish jadvaliga o'tish; ingliz tilida o'zini tanishtirish; Round-Up kitoblari asosida darajali darslar.
2-3 xonali sonlar ustida amallar, murakkab masalalar, ko'paytirish jadvali to'liq yod olingan, yangi lug'atlar va nutq.
4-5 xonali sonlar, murakkab tenglamalar, iqtidorli o'quvchilar uchun qo'shimcha darslar, ingliz tilida o'zi haqida gapirish.
Kasrlar, Pre-Intermediate darajasi tamomlandi, ingliz tilida erkin nutq, yuqori bosqichga to'liq tayyorgarlik.
Yaponiya, Turkiya, AQSh va IRN olimpiadalarida ~100 o'quvchi qatnashdi. Expert STEM olimpiadasida ~20 o'quvchi AQShdagi final bosqichiga yo'llanma oldi.
Aytbayev Saidrasul — Ozarbayjondagi xalqaro matematika musobaqasida 1-o'rin. Melisova Mubina — Indoneziyadagi olimpiadada jamoaviy g'alaba.
SAT: 1280 va 1320 ball. IELTS: eng yuqori natija 7.0 overall, qolganlari 5.5–6.
40 ta milliy CEFR sertifikati: 32 tasi B2, 8 tasi B1 darajasida.
3–5-sinflar 9–18 ta, 6–8-sinflar 10–35 tagacha kitob o'qidi. G'oliblar Samarqand va O'zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga bepul sayohat qildi.
Universitetga kirish fanlaridan 150 balldan yuqori natijalar; har bir o'quvchida kamida 3 ta fan bo'yicha sertifikat.

Ingliz tili va matematika fanlaridan o'tadigan xalqaro olimpiadada 13 nafar o'quvchimiz qatnashdi va AQShga yo'llanma qo'lga kiritdi.
Ingliz tili olimpiadasiga 2 nafar o'quvchi qatnashib, 1 nafari FINAL yo'llanmasini oldi. Asmo olimpiadasida "Best Team of Each Country" yo'nalishi bo'yicha oltin medal, individual yo'nalishda esa 4-o'rin.
5 nafar o'quvchimiz qatnashdi: 2 nafari matematika va ingliz tilidan 2-o'rinni, 1 nafari ingliz tilidan 3-o'rinni egalladi.
15 nafar o'quvchi qatnashdi. 1-o'rinlar: matematika 4, ingliz tili 4, ona tili 3 nafar. 2- va 3-o'rinlar: o'qish savodxonligi bo'yicha 5 nafar o'quvchi.
≈ belgisi ball bo'yicha taxminiy hisoblangan sonlarni bildiradi.
Bitiruvchilarimiz 2026/2027 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga talabalikka tavsiya etildi.
Ballar 189 balldan hisoblangan. Eng uzun chiziq — eng yuqori natija.
Westminster International University in Tashkent. Certificate of International Foundation Studies (2026-yil 2-sentabrdan).

Hamkorlik suhbatlaridan so'ng 2024–2025 o'quv yili uchun o'zaro shartnoma imzolandi.
Batafsil →
Best Team of Each Country yo'nalishi bo'yicha oltin medal, individual yo'nalishda 4-o'rin.
Batafsil →
5–8-sinflardan 40 nafar o'quvchi 7–9 ta badiiy asar o'qib sayohat yo'llanmasini oldi.
Batafsil →
55 nafar o'quvchi 8–9 ta badiiy asar o'qib markazga bepul sayohat yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Batafsil →Mektebim Koleji — Turkiyadagi yirik xususiy maktablar tarmog'i. Ochiq manbalarga ko'ra, u 2011-yilda Istanbulda 150 ta o'quvchi bilan boshlangan va bugun mamlakatning o'nlab viloyatlarida 30 dan ortiq kampusga ega. Tarmoq maktabgacha ta'limdan tortib boshlang'ich, o'rta maktab, Anadolu va Fen litseylari hamda kasb-texnika litseylarigacha ta'lim beradi.

Turkiyaning xalqaro darajadagi metodik qo'llanmalarini tarjima qilib, amaliyotga joriy etganmiz. Maxsus 3 ta kitob asosida bolalarga yoshligidan quyidagilar o'rgatiladi:
Ota-onalar farzandining o'qishi va rivojlanishini kuzatib borishi mumkin. Barcha ma'lumotlar aniq va tushunarli tarzda taqdim etiladi.
Bog'cha va boshlang'ich sinf kitoblarining 3 tasi tarjima qilindi. Tanqidiy fikrlash, hayotiy ko'nikmalar va moliyaviy savodxonlik uchun amaliy kitoblar mavjud.
Ingliz tilini qiziqarli o'rganish imkoniyati: Ratoonland, TeacherX, The Globals, The Globals JR, Twin Bilim, BookR Class, BookR Next.
Mektebim sayti orqali onlayn darslarga kirish mumkin.
Yilda bir marta Cambridge tizimi bo'yicha imtihon o'tkaziladi. Turkiyalik mutaxassislar baholaydi va oxirida sertifikatlar topshiriladi.
Yilda bir marta o'quvchilar real ta'lim muhitini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. Farzandlaringiz 50 ta turk maktabidagi tengdoshlari bilan musobaqalarda ishtirok etadi.
Turkiyadan Mektebim koleji vakillari maktabimizga tashrif buyurdi. Sifatli ta'lim metodikalaridan foydalanish, zamonaviy innovatsion ta'lim yo'llarini joriy etish va o'quvchilarga yanada sifatli ta'lim berish bo'yicha suhbatlar o'tkazildi. Natijada Mektebim koleji bilan Farabi School o'rtasida 2024–2025 o'quv yili uchun o'zaro shartnoma imzolandi.
@farabimaktabi · @mektebimkoleji








Barcha o'qituvchilar oliy ma'lumotga va milliy sertifikatlarga ega: 9 nafar boshlang'ich sinf va 31 nafar yuqori sinf o'qituvchisi.
Xojiakbar IbrohimMaktab asoschisi
Akmurzayev Tohir BaxtiyorovichMaktab direktori
Rahimberdiyeva Muhayyo AbdullaxayevnaO'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
Yuldashev Toir ZokirovichMaktab maslahatchisi
Nizamova ShaxzodaMaktab psixologi





















Yozda maktab o'quvchilari uchun bepul yozgi oromgohlar tashkil etiladi. Oromgohda quyidagilar bo'ladi:

















Kamerani QR kodga qarating, maktab sayti darhol ochiladi.
Qabul va ta'lim haqida ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da yozing.